“Ko‘ksaroy”da Berdimuhamedov uchun faxriy qorovul saf tortdi

Jamiyat

image

Bugun, 14 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Ko‘ksaroy" qarorgohida Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovni kutib oldi. Oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov maxsus shohsupaga ko‘tarildi va ikki davlat madhiyalari yangradi. 

Faxriy qorovul bo‘linmasi boshlig‘i raport bergach, davlat rahbarlari qorovul safi oldidan o‘tib, o‘zbek harbiy xizmatchilarini qutladi va O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘iga ehtirom ko‘rsatdi.  

So‘ng Prezidentlar rasmiy delegatsiyalar a’zolarini bir-biriga tanishtirdi. 

Birgalikda suratga tushish marosimidan so‘ng davlat rahbarlari tor doirada muzokara o‘tkazish uchun mo‘ljallangan zalga o‘tdilar.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Turkmaniston

Baholaganlar

146

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing