Ko‘chmas mulkka egalik huquqini onlayn berish taklif qilindi
Jamiyat
−
30 mart 2020
4796“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida “Ko‘chmas mulkka egalik huquqini beruvchi qarorni onlayn tarzda olish imkonini yaratish haqida”gi petitsiya e’lon qilindi.
Unda aytilishicha, ko‘chmas mulk, xususan, yerni ajratish yoki bino-inshootga egalik qilish to‘g‘risidagi hokim qarorini olish uchun ko‘p vaqt va mablag‘ sarf etilmoqda, ushbu jarayonda fuqarolar sarson-sargardon bo‘lmoqda.
Ta’kidlanishicha, shu sababli, ko‘chmas mulkka nisbatan egalik huquqini beruvchi qaror va boshqa shu kabi hujjatlarni onlayn tarzda olish imkoniyatini yaratish kerak. Bu holat insonlarning mulkdor bo‘lish huquqlarini adolatli va shaffof tarzda ta’minlanishiga xizmat qiladi.
“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, ko‘chmas mulkka egalik huquqini beruvchi qarorni onlayn tarzda olish imkonini yaratishni taklif qilamiz”, deydi petitsiya muallifi.
LiveBarchasi