Ko‘chma savdo sub’ektlari faoliyatiga doir talablar yengillashtiriladi

Jamiyat

−

image

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan har bir tuman va shahar kesimida ko‘chma savdo ob’ektlari joylashtiriladi va avtomatlashtirilgan axborot tizimiga joylashtiriladi. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan “Ko‘chma savdoni amalga oshirishni tartibga solish to‘g‘risida”gi qaror loyihasida keltirib o‘tilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan ko‘chma savdo uchun ruxsatnoma olish talabi bekor qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinadi.

Hujjatga muvofiq, 2020 yil 1 fevraldan boshlab quyidagi tartiblar o‘rnatila:

•  ko‘chma savdo tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ko‘chma savdo ob’ektlarini elektron tarzda “K – SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda – “K – SAVDO” AAT) ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi;

•  ko‘chma savdo joyi joylashish sxemalari doirasida “K – SAVDO” AAT orqali elektron auksionda sotiladi.

•  ko‘chma savdoni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi va 2020 yil 1 fevraldan boshlab amalga tatbiq etiladi.

•  O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi ko‘chma savdoni amalga oshirish tartibi ustidan nazoratni amalga oshirish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilanadi.

•  O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi 2020 yil 20 yanvarga qadar har bir tuman (shahar) kesimida ko‘chma savdo ob’ektlarini joylashtirish sxemalarini tuzish va ularni “K – SAVDO” AATga joylashtirish ta’minlanadi.

Eslatib o‘tamiz, loyihaga o‘zgartirish kiritilishi yoki tasdiqlanmasligi mumkin.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Baholaganlar

44

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing