Kuchliroq bo‘lib qaytamiz – Yamal

Sport

image

“Barselona” vingeri Lamin Yamal “Inter”ga qarshi Yevropa Chempionlar ligasi yarim final javob o‘yinida jamoasining mag‘lubiyati haqida fikr bildirdi. “Ko‘k-anorranglilar” umumiy hisobda 6:7 hisobida mag‘lub bo‘lib, turnirdagi ishtirokini yakunladi.

“Biz borimizni berdik, lekin bundan kuchli bo‘lib qaytamiz, shubhalanmang. Biz bu klubni tegishli joyiga, ya’ni eng yuqori cho‘qqiga qaytarmagunimizcha to‘xtamaymiz. Men bergan va’damga vafo qilaman va Chempionlar kubogini “Barselona”ga olib kelaman. Bunga erishmagunimizcha to‘xtamaymiz”, deydi Yamal.

Joriy mavsumda Yamal barcha turnirlarda 51 ta o‘yinda qatnashib, 15 ta gol urdi va 24 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 180 million yevroni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Inter”-“Barselona” bahsi YeCHL rekordini takrorlagani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Lamin Yamal'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing