“Oltin to‘p” uchun asosiy 5 nomzod kim ekanligi aytildi
Sport
−
10:26 525 1 daqiqa
Fransiyaning nufuzli “L’Équipe” nashri 2026 yilgi “Oltin to‘p” mukofoti uchun asosiy beshta nomzodni e’lon qildi. Nashr ularning nomlarini gazeta birinchi sahifasida joylashtirdi.
“L’Équipe” ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilgi “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarlar quyidagilar:
- angliyalik Harri Keyn (“Bavariya”);
- argentinalik Lionel Messi (“Inter Mayami”);
- ispaniyalik Lamin Yamal (“Barselona”);
- fransiyalik Kilian Mbappe (“Real Madrid”);
- fransiyalik Usmon Dembele (“Pari Sen-Jermen”).
2026 yilgi “Oltin to‘p” taqdimoti joriy yilning 26 oktyabr kuni Londonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu mukofotning 70-marta topshirilishi bo‘ladi.
G‘olib FIFA reytingidagi eng yaxshi 100 ta terma jamoa vakili bo‘lgan 100 nafar jurnalistning ovoz berish natijalariga ko‘ra aniqlanadi.
Ma’lumot uchun, futboldagi eng nufuzli individual mukofotning amaldagi sohibi Parijning “Pari Sen-Jermen” klubi yarim himoyachisi Usmon Dembele hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026 yilgi “Oltin to‘p” mukofoti uchun yakuniy 30 nafar nomzodlar ro‘yxati e’lon qilindi.