Dunyoning eng qimmat futbolchilari reytingi yangilandi. Birinchi o‘rinda kim?
Sport
−
18:34 2525 1 daqiqa
Futbolchilarning transfer qiymatini baholashga ixtisoslashgan “Transfermarkt” portali mutaxassislari dunyoning eng qimmat futbolchilari reytingini yangiladi.
Yangilangan ro‘yxatda “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand va “Barselona” vakili Lamin Yamal birinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi. Ularning transfer qiymati 220 million yevro deb baholangan. “Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappe esa 200 million yevro bilan uchinchi o‘rinni egallagan.
“Transfermarkt”ning eng qimmat o‘n nafar futbolchisi ro‘yxatida beshta klub vakillari bor. “Real Madrid” va “Pari Sen-Jermen” uchtadan futbolchi bilan yetakchilik qilmoqda. “Barselona”dan ikki nafar, “Manchester Siti” va “Bavariya”dan esa bittadan futbolchi o‘rin olgan.
Reytingdagi e’tiborga molik o‘zgarishlardan biri “Bavariya” yarim himoyachisi Maykl Olisening transfer qiymati oshgani bo‘ldi. Uning bahosi 10 million yevroga ko‘tarilib, 180 million yevroga yetdi. “Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil oktyabr oyida futbolchining qiymati 130 million yevro bo‘lgan.
“Real Madrid”ning braziliyalik hujumchisi Vinisius Juniorning transfer qiymati esa 10 million yevroga pasaydi. Shunga qaramay, u dunyoning eng qimmat o‘n nafar futbolchisi qatorida qoldi. 2024-2025 yillarda uning qiymati 200 million yevroga yetgan edi.
Live
Barchasi