Kuchli yog‘ingarchilik sabab ikki bino quladi. Kamida 7 kishi qurbon bo‘lgan

Olam

image

Joriy yilning 13 aprel kuni Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida joylashgan tumanlarning birida noqonuniy qurilgan ikkita bino qulab tushdi. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatdi.

Dastlab, hodisa natijasida 2 kishi vafot etganligi haqida ma’lum qilingan edi. Olingan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, fojeada kamida 7 kishi vafot etgan bo‘lib, yana 17 kishining taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.

Taxminan 100ga yaqin qutqaruvchilar fojia yuz bergan hududda faoliyat olib borishmoqda. Bino qulashiga bir necha kun davom etgan yog‘ingarchilik sabab bo‘lgan deb hisoblanmoqda.

Shaharda o‘tgan haftaning boshida kuchli yog‘ingarchiliklar boshlangan edi. Yomg‘irlar sabab qurbon bo‘lganlar soni 10 kishini tashkil etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Braziliya

Baholaganlar

54

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing