Kuchli ta’sir qiluvchi moddalar saqlagan dorixonachi ushlandi
Jamiyat
−
21 yanvar 2020
5563Joriy yilning 9 yanvar kuni Toshkent viloyati, Yangiyo‘l shahrida fuqaro Z.T. kuchli ta’sir qiluvchi moddalar savdosi sabab IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Unda taxminiy narxi 45 million so‘mlik jami 80 ta konvalyutada 1 120 dona «Regapen» hamda 250 quti «Tropikamid» moddalar borligi aniqlangan.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumanida ro‘yxatda turib, vaqtincha Yangiyo‘lda yashayotgan Z.T. 1991 yilda tug‘ilgan. U shu paytgacha xususiy dorixona ish boshqaruvchisi sifatida faoliyat yuritgan. Uning yashash xonadoni oldida, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechiriladi. Shundan so‘ng, qora rangli charm sumka va polietilen paket ichida 40 ta konvalyutaning har birida 14 donadan jami 560 dona «Regapen» va 175 dona «Tropikamid» kuchli ta’sir qiluvchi moddalar sotish maqsadida saqlab yurganligi aniqlanib, u ushlanadi.
“Mazkur holat yuzasidan fuqaro Z.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining
251(1)-moddasi «Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish» 3-bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, deyiladi xabarda.
Sarvar Anvar o‘g‘li
LiveBarchasi