Kuchli shamol tufayli Samarqandning ayrim tumanlari “svet”siz qoldi (video)

Jamiyat

image

Kuchli shamol tufayli Samarqand viloyatining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Samarqand viloyatida sodir bo‘layotgan kuchli shamol tufayli ayrim elektr uzatish tarmoqlari xavfsizlik nuqtai nazaridan o‘chirilgan.

Dispetcherlik xizmatiga ko‘ra, kuchli shamol tufayli yuz berishi mumkin bo‘lgan talafotlarning oldini olish maqsadida soat 17:00 holatiga 6-10 kV elektr uzatish tarmog‘i bilan o‘chirilgan.

Hududda kuchli shamol esishi pasaygandan so‘ng elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

“Keltirilgan noqulayliklar uchun istemolchilardan uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Mirobod va Yashnobod tumanlarining ba’zi hududlarida “Hosilot” podstansiyasidagi avariya sabab elektr ta’minoti tizimida uzilishlar kuzatilib, ko‘plab noroziliklarga sabab bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Kuchli shamol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing