Ko‘chirmakashlik qilgan soda korxonasiga chora ko‘rildi
3-sahifa
−
18 Sentabr
4256Namangan viloyatida Rossiyada ishlab chiqarilgan sodaning qadog‘idan ko‘chirma qilgan “Mustang lider free” MCHJga nisbatan ta’sir chorasi ko‘rildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Raqobat qo‘mitasining Namangan viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan “Bashkirskaya sodovaya kompaniya” (Rossiya) AJning iste’molchilarni chalg‘itish va insofsiz raqobatga yo‘l qo‘yilayotgan qonunbuzilishi bo‘yicha qilgan murojaati o‘rganib chiqilgan.
Mazkur o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida, “Mustang lider free” MCHJ tomonidan “Pishevaya soda” iste’mol sodasi mahsulotini qadoqlanishida avval fuqarolik muomalasiga kiritilgan “Bashkirskaya sodovaya kompaniya” AJning “Soda pishevaya” mahsulotining qadoqlanishi, tashqi bezatilishi va shakli, o‘rovi hamda ranglar uyg‘unligini takrorlash hamda iste’mol sodasini ishlab chiqarish usuli va kelib chiqishi bo‘yicha iste’molchilarni chalg‘itishga olib kelishi orqali insofsiz raqobatga yo‘l qo‘yilganlik holatlari aniqlangan.
Bildirilishicha, yuqoridagilarga muvofiq, hududiy boshqarmaning Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunining 21-moddasi talablari buzilishi alomatlari bilan korxonaga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qo‘llanilgan.
Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ko‘chirmakashlik qilgan choy korxonasi jarimaga tortilgan edi.
LiveBarchasi