Ko‘chat urug‘ini giyohvand moddaga o‘xshatgan organ xodimlarining harakatlari tekshirilayotgani aytildi

3-sahifa

image

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda fuqaroning IIO xodimlarining harakatidan noroziligi aks etgan video tarqaldi. Mazkur holatga Toshkent shahar IIBB o‘z munosabatini bildirdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 26 yanvar kuni taxminan soat 03.00 larda Yunusobod tumanidagi "Uch qahramon" YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX va PPX xodimlari tomonidan 1994 yilda tug‘ilgan O.K. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomobil to‘xtatilgan.

Haydovchi o‘zini shubhali tutganligi sababli avtomashina tekshirilgan hamda saloni ichidan yelim idishda giyohvand moddaga o‘xshash modda borligi aniqlangan. Haydovchi ushbu modda nima ekanligiga aniq javob bera olmagach, xodimlar tuman IIO FMB mutaxassislarini chaqirtirgan. O‘rganish jarayonida ushbu modda oddiy ko‘chat urug‘i ekanligi aniqlangan. 

"Haydovchining harakatida qonun buzilishi holatlari bo‘lmaganligi sababli unga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirilmagan. Hozirda xodimlarning harakatlari yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda", deyiladi ushbu izohda.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

giyohvand organ xodimlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing