Fransiyada 15 yoshli bola yollanma qotil sifatida gumonlonmoqda
Olam
−
12 fevral 1335 2 daqiqa
Fransiyaning Marsel shahrida taksi haydovchisini o‘ldirganlikda ayblanayotgan 15 yoshli bolaning sud jarayoni boshlandi. Bu haqda “Euro News” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2024 yilning oktyabr oyida 14 yoshda bo‘lgan o‘smir giyohvand moddalar sotuvchilari tomonidan onlayn tarzda yollangan. Uni Marselga olib kelib, qurol berishgan va raqib to‘da a’zosini o‘ldirish uchun shartnoma berishgan. Voyaga yetmagan qotil taksi buyurtma qilgan, ammo noma’lum sabablarga ko‘ra haydovchi bilan janjallashib, uni otib tashlagan. Bundan xabar topgan qotillik tashkilotchilari politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, buyruqni bajarmagan o‘smirni topshirgan.
Marhum 36 yoshli taksi haydovchisining to‘da zo‘ravonligiga aloqasi yo‘q bo‘lgan. Uning ayoli va uch nafar farzandi bo‘lgan. Beva ayolning advokati suddan boshqa voyaga yetmagan jinoyatchilarga saboq bo‘ladigan jazo tayinlashni talab qilgan. Qotil 20 yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Sudlanuvchining himoyasi buni nafaqat uning shaxsiy aybi, balki ijtimoiy xizmatlar va ta’lim tizimining muvaffaqiyatsizligi deb topgan.
O‘smir 9 yoshidan beri bolalar uyida va vasiylik uyida yashab kelgan. Chunki uning ota-onasi qamalgan bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati Buloqboshi tumanida 17 yoshli o‘smir o‘z tanishi bilan o‘rtasida yuzaga kelgan nizo oqibatida janjallashib, xo‘jalik pichog‘i bilan unga tan jarohati yetkazgan holda qasddan o‘ldirgani haqida xabar berilgandi.
Javohir Aliqulov