Ko‘cha bandasi yetakchisi Tupakning o‘limida aybdor deb topildi

Madaniyat-san’at

image

Bugun, 1 sentyabr kuni kuni Las-Vegasdagi sudyalar hay’ati sudi “South Side Compton Crips” to‘dasi yetakchisi, 63 yoshli Dueyn “Kiffi Di” Devisni reper Tupak Shakurning o‘ldirilishi bo‘yicha aybdor deb topdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Devis o‘t ochar qurolni qo‘llagan holda qotillik sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Bu qaror unga nisbatan 11 kun davom etgan sud jarayonining yakuni bo‘lgan. Hukm 13 oktyabr kuni e’lon qilinadi. Devisga shartli ravishda muddatidan ilgari ozod qilish huquqisiz umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi kutilmoqda. Uning o‘zi esa sudda ushbu qaror ustidan shikoyat qilishni rejalashtirayotganini aytgan.

Ma’lumot uchun, Tupak Shakur 1996 yil 7 sentyabr oqshomida Las-Vegasda otib ketilgan. Hujumdan biroz oldin reper va uning “Death Row Records” leybli rahbari Merion “Shug” Nayt Devisning jiyani va “South Side Compton Crips” to‘dasi a’zosi Orlando “Baby Lane” Anderson bilan mushtashgan. Bu to‘da kengroq tanilgan “Crips” to‘dalar tarmog‘iga kiradi, Dueyn Devis esa uning Los-Anjeles atrofidagi “bo‘limi” rahbari bo‘lgan.

Taxminlarga ko‘ra, Devis Tupakning o‘ldirilishini qasos sifatida rejalashtirgan. Reperga ichida “Kiffi Di” ham bo‘lgan oq rangli “Kadillak”dan bir necha bor o‘t ochilgan. Tupak bir nechta jarohat olib, shifoxonada vafot etgan.

“Reuters”ning qayd etishicha, politsiya anchadan beri Devisni qotillikda sherik deb gumon qilgan, ammo unga aniq ayblov qo‘ya olmagan. 2019 yilda u o‘z memuarlarini nashr ettirganidan so‘ng ish joyidan jilgan va tergov qayta boshlangan. Kitobda Devis hujum paytida “Kadillak”da bo‘lganini va orqa o‘rindiqda o‘tirganlarga to‘ponchani uzatganini aytib bergan.

Dueyn “Kiffi Di” 2023 yilda hibsga olingan. Uning himoyasi Devisning memuarlari “hujjatli emas, balki badiiy asar” bo‘lgani uchun ayblovga asos bo‘la olmasligini ta’kidlamoqda.

O‘t ochgan qotilning shaxsi hanuzgacha noma’lum. Mashinada bo‘lganlarning hammasi, Devisdan tashqari, hozirga kelib vafot etgan, biroq Nevada shtati qonunlariga ko‘ra, Devis tepkini o‘zi bosmagan bo‘lsa ham, unga qotillik ayblovi qo‘yilishi mumkin.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing