Kubada so‘nggi 30 yillikdagi eng yirik namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Norozilar vaksina so‘rayapti
Olam
−
12 iyul 2021
3649Bir necha ming kubaliklar mamlakat poytaxti Gavana va boshqa shaharlarda COVID-19 ga qarshi kurash choralariga nisbatan norozilik namoyishlarini o‘tkazdi. Bu haqda BBC News xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, miting ishtirokchilari erkinlik va demokratiya, shuningdek koronavirusga qarshi vaksina talab qilmoqda. Kubada namoyishlar COVID-19 infeksiyasi yuqtirib olganlarning soni ortishi fonida boshlandi. Muxolifat fikriga ko‘ra, qariyb so‘nggi 30 yil ichidagi hukumatga qarshi eng yirik namoyishlar bo‘lmoqda.
Kuba Prezidenti Migel Dias-Kanel esa tartibsizliklarda Qo‘shma Shtatlarni aybladi. Shuningdek, Gavanada hokimiyatni qo‘llab-quvvatlaydiganlar ishtirokida mitinglar o‘tkazildi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 iyul kuni Kuba hukumati mamlakat mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan “Abdala” koronavirus vaksinasidan favqulodda foydalanish uchun ruxsatnoma berdi. Kuba Dori-darmonlarni nazorat qilish markazi ushbu vaksinaning “sifati, xavfsizligi va samaradorligi jihatidan talablarga javob berishini” ma’lum qildi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15