Kroosning “Real”dagi oxirgi o‘yini qachon o‘tkaziladi?

Sport

image

Avvalroq, germaniyalik futbolchi Toni Kroos Yevropa chempionatidan so‘ng faoliyatini yakunlashi xabar qilingandi

Yarim himoyachi Toni Kroosning “Real” safidagi so‘nggi o‘yini Dortmundning “Borussiya”siga qarshi 2023/2024 yilgi Yevropa Chempionlar ligasi finali bo‘ladi. 

34 yoshli Kroos joriy mavsumda barcha turnirlarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 12 million yevroni tashkil qiladi.

Ma’lumot uchun, “Real” va “Borussiya” o‘rtasidagi Yevropa Chempionlar ligasi finali 1 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Bahsga Londondagi “Uembli” stadioni mezbonlik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Toni Kroos

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing