Kroos o‘z rekordini yangiladi

Sport

image

Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Toni Kroos Yevro-2024 guruh bosqichida eng aniq uzatmalarni amalga oshirgan yarim himoyachilar reytingida peshqadam bo‘ldi. Bu haqda “Opta” xabar berdi.

Nemis futbolchisi 326 ta aniq uzatmani amalga oshirib, Yevro-2016'da o‘rnatgan Yevropa chempionati rekordini yangiladi – 323.

Yevro-2024 guruh bosqichida aniq uzatmalar soni bo‘yicha yetakchilar:

1. Toni Kroos (Germaniya) – 326;
2. Nikolo Barella (Italiya) – 221;
3. Jorjino (Italiya) – 219;
4. Per-Emil Xoyberg (Daniya) – 214;
5. Morten Julmand (Daniya) – 199;
6. Deklan Rays (Angliya) – 192;
7. Luka Modrich (Xorvatiya) – 191;
8. Xakan Chalxanoglu (Turkiya) – 182 nafar;
9. Stanislav Lobotka (Slovakiya) – 172;
10. Marselo Brozovich (Xorvatiya) – 171.

Ma’lumot uchun, “A” guruhini peshqadam sifatida yakunlagan Germaniya terma jamoasi pley-off bosqichida Daniya bilan bahs olib boradi. O‘yin 30 iyun kuni soat 00:00 da start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Toni Kroos

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing