Kroos faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin

Sport

image

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Toni Kroos jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda “Todofichajes”  xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, germaniyalik futbolchini “Manchester Siti” o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Ingliz klubi Kroosga mavsum uchun 15 million yevro maosh taklif qilishga tayyor. Futbolchi “shaharliklar” ustozi Xosep Gvardiola bilan “Bavariya”da birga ishlagan.

Ma’lumot uchun, Kroos 2014 yilning iyulidan beri “Real”da to‘p surmoqda. Joriy mavsumda futbolchi Madrid klubi safida barcha rasmiy turnirlarda 19 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Ayni damda Ispaniya La Ligasining 15-turidan so‘ng “Real” 38 ochko jamg‘arib, chempionatda peshqadamlik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Real Toni Kroos

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing