“Krokus” qurbonlari xotirasiga yodgorlik o‘rnatiladi
Olam
−
26 mart 2024 4355 1 daqiqa
"Crocus Croup" kompaniyasi rahbari Aras Agalarovning o‘g‘li Emin "Krokus Siti Holl" restavratsiyasi vaqtida, terakt qurbonlari xotirasi uchun yodgorlik o‘rnatilishiga va’da berdi. U bu haqda kecha, 25 mart kuni RBK telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Zal ichida yoki tashqarisida, albatta, yodgorlik o‘rnatiladi. Tabiiyki, biz bu variantni ko‘rib chiqyapmiz", degan Agalarov.
Biroq, kompaniya ayni vaqtda boshqa ishlar bilan band. Muslim Magomayev jamg‘armasi ko‘magida jabrlanganlarga yordam berish, qutqaruvchilar ko‘magida vayronalarni tozalash kabi vazifalarni bajarmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq asli Ozarbayjondan bo‘lgan rossiyalik milliarder Aras Agalarov 20 yil ichida bunday terakt ilk bor bo‘lganini bildirgan edi va kompaniya faoliyatini davom ettirishini e’lon qildi. Uning o‘g‘li, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning sobiq kuyovi, xonanda Emin Agalarov bu terakt uning oilasiga ham ta’sir qilganini ta’kidlagan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr