“Krokus”da jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar bormi?
Jamiyat
−
23 mart
25837“Krokus Siti xoll”dagi terakt oqibatida hozircha jabrlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari haqida ma’lumot kelib tushmagan. Bu haqda O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi ma’lum qildi.
"Ayni damda elchixona huquq-tartibot idoralari bilan yaqin aloqada bo‘lib turibdi", deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi konsullik bo‘limining koll-markazi: +7 499 238-36-20; +7-499 230-00-76. Elektron pochta manzillari: uzkorus@mail.ru.
Eslatib o‘tamiz, avavlroq Moskvada terakt boshlangani va qurbonlar soni ortib borayotgani haqida xabar bergan edik. Shundan so‘ng O‘zbekiston Respulikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyalik mavqedoshi Vladimir Putinga ta’ziya yo‘lladi. O‘zbekiston TIV Moskvada sodir etilgan teraktni qoraladi.