Koronavirusga chalinganlar uchun maxsus shifoxona quriladi
Olam
−
24 yanvar 2020
634924 oktyabr, juma kuni ertalab Xitoyning Uxan shahrida yangi virusga chalinganlarni tekshiruvdan o‘tkazish va davolashga mo‘ljallangan shifoxona qurilish ishlari boshlab yuborildi. Bu haqda Xitoy Markaziy televideniyesi xabar bermoqda.
Shifoxona 2 fevral kuni ishga tushishi rejalashtirilgan. U mingga yaqin bemorni qabul qilishga mo‘ljallangan. Shifoxona Pekinda 2003 yilda atipik pnevmoniya epedimiyasi tarqalgan vaqtda qurilgan kasalxona modeliga o‘xshash bo‘ladi.
Ma’lumot o‘rnida, eng so‘nggi xabarlarga ko‘ra, hozirgacha koronavirusni yuqtirib olganlar soni 876 nafarni tashkil etmoqda. Ulardan 177 nafarining ahvoli og‘ir. Shu kungacha virus 26 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Bundan tashqari, 2019-nCoV virusiga chalingan deya mingdan ziyod kishi testdan o‘tkazilmoqda.
Virus butun dunyoga yoyilmoqda. Hozirda Tailand, AQSH, Vetnam, Janubiy Koreya, Singapur, Rossiya, Yaponiya, Makao va Saudiya Arabistonida virus yuqtirgan odamlar aniqlangan.
Sarvar Anvar o‘g‘li
LiveBarchasi