Alisher Usmonov “O‘tgan kunlar”ni O‘zbekistonga qaytardi
Jamiyat
−
28 dekabr 2019
53790Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asari asosida suratga olingan “O‘tkan kunlar” badiiy filmining asl nusxasi “O‘zbekkino” Milliy agentligiga olib kelindi. Bu haqda “O‘zbekkino” agentligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Shu paytga qadar bu filmning to‘liq varianti Rossiya Federatsiyasi Davlat kinofondida saqlanayotgan edi.
Ma’lum qilinishicha, filmning olib kelinishida Rossiyaning “USM Holding” aksiyadorlik jamiyati ta’sischisi va rahbari asli o‘zbekistonlik Alisher Usmanov yordam bergan.
Ma’lumot o‘rnida, film Yo‘ldosh A’zamov rejissyorligida suratga olingan. Unda bosh rollarni Abbos Bakirov, Razzoq Hamroyev, Maryam Yoqubova, O‘lmas Alixo‘jayev, Gulchehra Jamilova, Gulchehra Sa’dullayeva ijro etgan. Kartina 1969 yilda ekran yuzini ko‘rgan.
LiveBarchasi