Krish bir necha yil avvalgidek kuchli emas – Kannavarro

Sport

image

Italiya terma jamoasining sobiq sardori Fabio Kannavaro “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduning JCH-2022 pley-off bosqichida Italiya va Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi ehtimoliy uchrashuvga qadar qanday holatda bo‘lishi mumkinligi haqida gapirdi.

“Tez orada “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi bo‘ladigan Rangnik Krishtianu Ronalduni qariya, deb bilar edi. Portugaliya terma jamoasida muammolar bo‘lishi mumkinmi? Men unday o‘ylamayman. Ronaldu Italiya bilan o‘yin uchun yashaydi, chunki u Jahon chempionatiga borishni xohlaydi. Krish, albatta, Portugaliyaning eng xavfli futbolchisi bo‘ladi. Siz uni xohlaganingizcha tanqid qilishingiz mumkin, lekin u baribir ko‘plab gollar urishda davom etmoqda”, deydi Kannavarro.

Shuningdek, italiyalik mutaxassis Ronalduning eng katta kamchiligi nima ekanini aytib o‘tdi:

“Biz Ronalduni yaxshi biladigan va uning harakatlaridan xabardor bo‘lgan Kellini va Bonuchchiga ishonamiz. Krishtianu bir necha yil avvalgidek kuchga ega emas. Ehtimol, bu bizga yordam berar”.

Eslatib o‘tamiz, 36 yoshli portugaliyalik futborlchi joriy mavsum “Manchester Yunayted” safida barcha turnirlarda 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ma’lumot uchun, Fabio Kannavarro 2006 yilda Italiya terma jamoasi bilan birgalikda Jahon chempioni bo‘lgan va yil yakunida “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu Italiya Portugaliya Rangnik Kannavarro

Baholaganlar

25

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing