Kremunchugdagi savdo markaziga hujum qilindi. Moskva buni rad etmoqda

Olam

image

Rossiya Aerokosmik kuchlari Poltava yaqinidagi Kremenchug shahriga raketa zarbasini berdi. Rasmiy Kiyevga ko‘ra, Moskva savdo markaziga hujum qilgan va bu yerda odamlar bo‘lgan. Rossiya Mudofaa vazirligi esa buni butkul rad etmoqda. Moskvaga ko‘ra, savdo markaziga emas, aksincha, AQSH va Yevropa Ittifoqi tomonidan yetkazib berilgan qurollar saqlanadigan omborga hujum qilingan. 

Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot kotibi general-leytenant Igor Konashenkovga ko‘ra, Rossiya Aerokosmik kuchlari Poltava yaqinidagi Kremenchug shahrida AQSH va Yevropa Ittifoqidan yetkazib berilgan qurollar saqlanadigan omborga aniq boshqariladigan qurollar bilan hujum qilgan. 

“27 iyun kuni Poltava viloyatining Kremenchug shahrida Rossiya Aerokosmik kuchlari AQSH va Yevropa davlatlaridan olingan qurol va o‘q-dorilar saqlanayotgan omborga yuqori aniqlikdagi havo qurollari bilan zarba berdi”, deydi Konashenkov. 

Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakilining so‘zlariga ko‘ra, zarba natijasida Donbassdagi Ukraina qo‘shinlari guruhiga keyingi jo‘natish uchun mo‘ljallangan G‘arbda ishlab chiqarilgan qurol va o‘q-dorilar yo‘q qilingan. 

“G‘arb qurollari uchun saqlangan o‘q-dorilarning portlashi zavod yonida joylashgan ishlamayotgan savdo markazida yong‘inga sabab bo‘ldi”, deya qo‘shimcha qildi u. 

Kecha, 27 iyun kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida Kremenchugdagi savdo markazi yonayotgani haqida yozdi. Uning ta’kidlashicha, yong‘inga raketa zarbasi sabab bo‘lgan. O‘z navbatida, Rossiyaning BMTdagi doimiy vakilining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy savdo markazi bilan bog‘liq vaziyatda ko‘zga tashlanadigan nomuvofiqliklar ko‘pligini va bu Buchadagi provokatsiyaga o‘xshab ketishini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

204

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing