Kremldagi lyuks karantin: Putinni koronavirusdan saqlash uchun qancha pul sarflangan?

Olam

image

Rossiya o‘zining vaksinasiga egaligiga qaramasdan, Putin uzoq vaqt COVID-19 ga qarshi emlanmadi va bunga muhtoj ham emasdi. Chunki undan boshqa hamma karantinda bo‘lganida, Prezident uchun virusga qarshi juda qimmat himoya tizimi yaratilgandi. Bu haqda BBC nashri yozmoqda

Ma’lum qilinishicha, Rossiya Prezidentining devoni Vladimir Putin bilan muntazam ravishda aloqada bo‘lgan yoki uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rgan odamlarning sog‘ligini tekshirishga kamida 6,4 milliard rubl (taxminan 88 million AQSH dollari – tahr.) sarflagan. Ushbu tizim Putinni koronavirus bilan kasallanishdan himoya qilish uchun qurilgan.

Uchuvchi va styuardessalar, Putinning matbuot anjumanida qatnashgan jurnalistlar, Prezidentning xizmatchilari va shifokorlari – bularning barchasi Putin bilan uchrashuv oldidan vaqtincha izolyatsiyada saqlangan. 2020 yilning 24 iyunida G‘alaba kuni paradidan oldin, Putin yonida marosimda bo‘lgan hatto Ikkinchi Jahon urushi faxriylari karantin ostiga olingan. Ehtimol, Prezident ma’muriyatining ko‘plab xodimlari, federal vazirlar, davlat korporatsiyalari rahbarlari va xorijiy davlatlarning rahbarlari ushbu ko‘p kunlik protseduradan o‘tgan.

Putin bilan uchrashishi kerak bo‘lgan odamlar karantinni o‘tash uchun Moskva shahri, Moskva viloyati, Sochi va Yaltadagi Prezident ma’muriyatining mehmonxona, sanatoriy va pansionatlariga joylashtirilgan. Ular karantinda bir necha kundan bir necha oygacha bo‘lgan. 2020 yil dekabr oyining o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan Putinning matbuot anjumani oldidan Prezident bilan uchrashishi kerak bo‘lgan jurnalistlarga o‘z xonalaridan chiqish, bir-birlari bilan muloqot qilish va narsa ulashishga ruxsat berilmagan.

Prezident Matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Putin 23 martga kelib emlangan. Bu vaqtda esa mamlakatda vaksinatsiya, allaqachon, uch oydan beri davom etayotgandi. Putinga qaysi vaksina yuborilgani ham ma’lum emas. Shunday bo‘lsa-da, Rossiya rahbari bilan uchrashuv oldidan ko‘rik jarayoni hanuzgacha ishlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Kreml' Putin

Baholaganlar

313

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing