Kreml ruslar YeI ostonasiga qadam bosolmay qolishi ehtimoliga baho berdi

Olam

image

Rossiyaliklarga Shengen vizasini berish to‘xtatib qo‘yilishini inkor etib bo‘lmaydi. Shunday bo‘lsa, Moskva mutlaqo javob chorasini ko‘radi. Bu haqda RF Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

“Sog‘lom fikr tushunchasiga mos kelmaydigan mana shunday hissiy xarakterdagi harakatlarni inkor etmaymiz. Shu munosabat bilan, ha, ehtimol, bunday xavfni istisno qilib bo‘lmaydi. Bu juda yomon bo‘lardi va yana qaytaraman, tabiiyki, bu Moskvaning javob reaksiyasiga sabab bo‘ladi”, degan Peskov.

Shu bilan birga, Kreml vakili G‘arb davlatlari Rossiyaga bosim o‘tkazishi mumkin bo‘lgan chora-tadbirlar arsenalini tugatayotganini ta’kidlagan.

“Yevropa Ittifoqi va Shimoliy Amerika davlatlari bizga nisbatan aksilrossiya va nodo‘stona choralar ko‘rishda tom ma’noda raqobatlashayotganini ko‘ryapmiz. Shuningdek, ular bizga bosim o‘tkazishga va ularning fikricha o‘z pozitsiyamizni o‘zgartirishga majbur qilishga qodir bo‘lgan chora-tadbirlar arsenalini tugatayotganini ham ko‘ryapmiz, bu noto‘g‘ri hukm”, degan u.

Peskov, shuningdek, G‘arb “borgan sari mantiqsiz, asossiz va tushuntirish qiyin qarorlar qabul qilayotganini” qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya TIV konsullik departamenti direktori Ivan Volinkin G‘arb davlatlari rossiyaliklarg Shengen vizasini berishni to‘xtatib qo‘yishi mumkinligini istisno qilmagandi. U Rossiyada joylashgan Latviya, Litva, Polsha, Chexiya va Estoniya konsullik muassasalarida rossiyaliklarga Shengen vizasini berishni deyarli to‘xtatib qo‘yganini qo‘shimcha qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Shengen vizasi

Baholaganlar

301

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing