Tojikiston TIV Rossiya elchisiga nota topshirdi
Olam
−
29 aprel 2024
17489Rossiyaning Tojikistondagi elchisi Semyon Grigorev Tojikiston Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, unga Rossiya Federatsiyasi hududida respublika fuqarolarining “huquqlari buzilgani” munosabati bilan nota topshirildi. Bu haqda Tojikiston TIV xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 29 aprel kuni Rossiya Federatsiyasining Tojikistondagi elchisi Semyon Grigorevga “Rossiya Federatsiyasi hududida Tojikiston Respublikasi fuqarolariga nisbatan keskin salbiy munosabatning ommaviy tarzda namoyon bo‘lishi, shuningdek, ularning huquq va erkinliklari keng miqyosda buzilishi holatlari yuzasidan jiddiy xavotir bildirgan holda” Tojikiston Tashqi ishlar vazirligining notasi topshirildi.
“Bunday harakat faqat Tojikiston fuqarolariga nisbatan qo‘llanilmoqda, bu Tojikiston-Rossiya munosabatlari ruhi va an’analariga tubdan mos kelmaydi”, deyiladi notada.
Eslatib o‘tamiz, 26 aprel kuni Tojikiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sodiq Imomiy Rossiyaning respublikadagi elchisi Semyon Grigorev bilan so‘nggi bir necha hafta ichida Tojikiston fuqarolari Rossiya Federatsiyasi davlat chegarasini kesib o‘tishda duch kelgan qiyinchiliklarni muhokama qilgandi. Tojikiston tomoni fuqarolarining Rossiyaga kirishini asossiz rad etish holatlari keng tarqalib ketganidan xavotir bildirdi. 27 aprel kuni Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi respublika fuqarolariga vaqtincha Rossiya Federatsiyasiga bormaslikni tavsiya qildi. Kecha, 28 aprel kuni rasmiy Dushanbe Rossiya hukumati mingga yaqin Tojikiston fuqarosini Moskva aeroportlarida ushlab turganini bildirdi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar