Kreml Putinning farzandlari “qora ro‘yxat”ga tushganiga munosabat bildirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Avvalroq AQSH Rossiyaga qarshi joriy qilgan sanksiyalari ro‘yxatiga Prezident Vladimir Putinning voyaga yetgan farzandlarini ham kiritgani haqida xabar bergan edik.

Rossiya Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vashingtonning bu harakatiga Kremlning reaksiyasi qanday bo‘lishi haqidagi savolga javob berdi.

“Reaksiya boshqa barcha sanksiyalar qatori bo‘ladi. Albatta, biz birinchidan, bu sanksiyalarning o‘zini ham turli cheklovlarni joriy etish g‘ayritabiiy uzviylikning davomi, deb hisoblaymiz. Ammo har qanday holatda ham, oila a’zolariga qandaydir cheklovlarni qo‘llash bo‘yicha davom etayotgan an’ana, bu alohida masala. Bunday qadamlar, bunday yondashuvlar biror izoh talab qilishi dargumon. Buni tushunish va tushuntirish qiyin. Lekin, afsuski, bunday raqiblar bilan kurashishimiz kerak”, degan Peskov.

U AQSHning bu cheklovlariga Rossiya albatta javob qaytarishini va buni o‘zi lozim ko‘rgan shaklda amalga oshirishini ta’kidlagan.

Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, Putinning ikki qizi bor: Mariya va Katerina. Katerina Milliy intellektual rivojlanish jamg‘armasi va "Innopraktika" kompaniyasiga rahbarlik qilishi aytiladi. Mariya esa Moskvadagi Endokrinologiya ilmiy markazining xodimi. Shuningdek, Rossiya sog‘liqni saqlash sohasida saratonga qarshi kurash bo‘yicha eng yirik xususiy investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etuvchi Nomeco kompaniyasining egasi hisoblanadi. Kompaniyaning qiymati 40 milliard rublga baholanadi.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa Ittifoqi ham Putinning farzandlarini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritish imkoniyatini o‘rganib chiqayotgandi. Ammo bu cheklov ramziy ma’noga ega bo‘lishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

527

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing