Kreml Putinniki deb aytilgan saroy kimniki ekanini ochiqladi

Olam

image

Muxolifatchi Aleksey Navalniyning “Putin uchun saroy” filmida tasvirlangan Gelenjikdagi hashamatli uy bir yoki bir nechta ishbilarmonga tegishli. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov aytib o‘tgan. 

"Darhaqiqat, bu katta inshoot, buni Gelenjikda yaxshi bilishadi. Bir yoki bir nechta tadbirkorlar ushbu ob’ektga bevosita yoki bilvosita egalik qiladi", degan Kreml vakili. 

Shu bilan birga, Peskov ushbu uy egalarining ismlarini oshkor qilishga haqqi yo‘qligini ta’kidlagan.

Matbuot kotibi ushbu sirni ochish to‘g‘ri ish bo‘lmasligini aytgan. 

Avvalroq, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Gelenjikdagi hashamatli saroy o‘zi yoki qarindoshlariniki emasligini ma’lum qilgandi. 

Ma’lumot uchun, Rossiyada Korrupsiyaga qarshi kurash fondi asoschisi hamda muxolifat yetakchisi hisoblangan va ayni vaqtda panjara ortida bo‘lgan Aleksey Navalniy “Putin uchun saroy” nomli yirik surishtiruv filmini e’lon qilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Kreml' Putin

Baholaganlar

1752

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing