Kreml Putinga taqiq qo‘yilganidan afsusda – Peskov

Olam

image

Kreml Sport arbitraj sudi (CAS) ning Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga Olimpiya o‘yinlari va boshqa xalqaro sport tadbirlarida qatnashishini taqiqlash to‘g‘risidagi qaroridan afsusda. Bu haqda Putinning Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

“Albatta, biz unga (qarorga – tahr.) salbiy qaraymiz. Ammo, sport sohasi rahbarlarimiz tomonidan ta’kidlanganidek, asosiysi sportchilar xalqaro musobaqlarda qatnashish huquqini olishadi”, degan Peskov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu rossiyalik sportchilarga xalqaro kvalifikatsiya va sport formasini saqlab qolish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, Sport arbitraj sudi 17 dekabr kuni Rossiya Hukumati vakillari, vazirlar, Bosh vazir o‘rinbosarlari hatto Prezidentga ikki yilga Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tashrif buyurishni taqiqladi.

Taqiq Xalqaro olimpiya qo‘mitasi a’zolari hamda musobaqa o‘tkazilayotgan davlat rahbari yoki Bosh vaziri taklif qilgan shaxslarga tatbiq etilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin

Baholaganlar

368

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing