Kreml Pashinyanning qaroridan afsusda

Olam

image

Kreml Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan joriy yilning 23 noyabr kuni Minskda bo‘lib o‘tadigan Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotining (KXSHT) sammitida ishtirok etmasligidan afsusda. Bu haqda jurnalistlarga Rossiya Federatsiyasi prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi. 

“Agar haqiqatan ham shunday bo‘lsa, afsus bildirishimiz mumkin. Biz har bir hukumat rahbari yoki davlat rahbarining ish tartibida o‘ziga xos voqealari, sharoiti bo‘lishi mumkinligini tushunamiz. Lekin biz faqat afsus bildirishimiz mumkin, chunki bunday uchrashuvlar fikr almashish, vaziyatni solishtirish uchun juda yaxshi sababdir”, deydi Kreml vakili. 

Shu bilan birga, uning qo‘shimcha qilishicha, Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti formati dolzarbligicha qolmoqda.  

“KXSHT doirasida tashkil etilgan va o‘tkazilayotgan uchrashuvlar ham shundan dalolat beradi”, deydi Peskov. 

Pashinyanning o‘zi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqotda Minskdagi KXSHT kengashi yig‘ilishida ishtirok etmasligi haqida ogohlantirgan. U tashkilot a’zolari bu qarorni tushunishlariga umid bildirgan. 

Avvalroq Pashinyan va Armaniston TIV vakillari Yerevan hozirda KXSHTdan chiqish imkoniyatini muhokama qilmayotganini, biroq Armaniston vakillari so‘nggi oylarda tashkilot tadbirlarida qatnashmaganini bir necha bor ta’kidlagan edi. Armaniston ham KXSHTdagi elchisini chaqirib oldi va diplomatik missiyaga yangi rahbar tayinlamadi.


Maqola muallifi

Teglar

Kreml' Nikol Pashinyan KXShT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing