Kreml OAVda Zelenskiyni “Prezident” deb atamaslikni talab qildi

Olam

image

Rossiya Prezidenti ma’muriyati Kreml nazoratidagi ommaviy axborot vositalaridan Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiyni “Prezident” deb atashni bas qilishni talab qildi. Bu haqda tegishli ko‘rsatmani olgan Rossiya nashrlarining xodimlariga tayanib, “Xolod” xabar berdi

Aytilishicha, mazkur talab televizion kanallardan tortib onlayn mediagacha barcha turdagi ommaviy axborot vositalariga taalluqlidir.

Qayd etilishicha, direktiv 15 sentyabr kuni kechqurun yuborilgan. Ayrim tahririyatlarda bu talablar g‘azab to‘lqinini keltirib chiqargan. Ba’zi xodimlarga hatto ishdan bo‘shatish bilan tahdid qilingan.

Manbaga ko‘ra, Kreml rasmiylari nashrlar Vladimir Zelenskiy faoliyatini yoritayotganda uning lavozimini eslatmaslik yoki “Zelenskiy rejimi” iborasini ishlatishni taklif qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Ukrainada urush boshlanganidan beri Rossiya rasmiylari ommaviy axborot vositalarini nazorat qilishda faollasha boshlagan. Shu asnoda Ukrainadagi harakatlarni urush deb atash taqiqlangan va ma’lumot manbalarini tanlashda faqat rasmiy Rossiya ma’lumotlariga tayanishga ruxsat berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Kreml' Rossiya Ukraina Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing