Kreml Britaniyaning eng yirik qurol-yarog‘ kompaniyasini ogohlantirdi

Olam

image

Bugun, 1 sentyabr kuni Kreml britaniyalik mudofaa pudratchisi BAE Systems (BAES.L)ning Ukrainada o‘z faoliyatini boshlash qaroriga o‘z salbiy munosabatini hamda Rossiyaga qarshi qo‘llanilgan qurollarni ishlab chiqaradigan har qanday ob’ektlar Moskva armiyasining nishoniga aylanishini ma’lum qildi. Bu haqda Kreml voizi Dmitriy Peskov jurnalistlar bilan bo‘lgan suhbatida aytib o‘tdi.

“Albatta, qurol ishlab chiqariladigan har qanday ob’ekt, ayniqsa, bu qurollar bizga qarata o‘t ochsa, ular harbiylarimizning asosiy nishoniga aylanadi”, degan Peskov.

Shuningdek, u kompaniyaning mazkur harakati Ukrainadagi mojarolar rivojiga ta’sir qilmasligi yoki harbiy harakatlarni qisqartirishga hissa qo‘shmasligini ham qo‘shimcha qilgan.

Ma’lumot uchun, BAE Systems Ukrainaga Britaniya va boshqa hukumatlar tomonidan taqdim etilgan qurollarning katta qismini ishlab chiqargan. Britaniyaning o‘zi Ukraina uchun asosiy mudofaa vositalarini yetkazib beruvchisi hisoblanadi. Qirollik may oyida Kiyevga uzoq masofali qanotli raketalarni yetkazib berishni boshlagan birinchi davlat bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 31 avgust kuni Britaniyaning eng yirik mudofaa shirkati BAE Systems Ukrainada bo‘linma tashkil qilgani hamda hukumat bilan Kiyevga qurol va jihozlar yetkazib berishni ko‘paytirish bo‘yicha shartnomalar imzolagani ma’lum bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Kreml' Rossiya Ukraina Britaniya BAE Systems

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing