Kreml AQSHning yangi sanksiyalarini “mensimadi” 

Olam

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, AQSH ma’muriyati Moskvaga qarshi sanksiyalar tayyorlagani, bu Amerika banklariga Rossiyaning yirik banklari uchun tranzaksiyalarni qayta ishlashni taqiqlashdan iboratligi aytilgandi.  

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov Qo‘shma Shtatlar yangi sanksiyalar ro‘yxatini tayyorlayotgani haqidagi xabarlarga izoh berishdan bosh tortdi. Peskovning so‘zlariga ko‘ra, qabul qilinmagan hujjatlarga izoh berish qiyin. 

“Yo‘q, qarorlar qabul qilinmaguncha va hujjatlar e’lon qilinmaguncha izoh berish nihoyatda qiyin. Biz bilamizki, nafaqat bugun, nafaqat bir kun oldin, balki Vashington doimiy ravishda Rossiyaga qarshi yangidan-yangi sanksiyalarni tayyorlash ustida ishlamoqda. Lekin bu sanksiyalarning o‘ziga xos mazmuni kundan-kunga o‘zgarib bormoqda”, degan Peskov. 

Eslatib o‘tamiz, AQSH vitse-prezidenti Kamola Xarris agar Rossiya Ukrainaga bostirib kirsa, AQSH va uning ittifoqchilari Moskvani misli ko‘rilmagan darajada yuqori badal to‘lashga majbur qilishini aytgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Peskov

Baholaganlar

534

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing