Krasnoyarskdagi fojiada o‘zbekistonlik bedarak yo‘qoldi

Olam

image

Avvalroq, Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasida to‘g‘on yorilgani, natijada 10 dan ortiq odam halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Krasnoyarsk yaqinida to‘g‘on yorilishi oqibatida 1987 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Dishpod Abdujaparovich Azimov bedarak yo‘qoldi.

Joriy yilning 19oktyabr kuni Cyeyba daryosidagi Krasnoyarsk o‘lkasida “Sisim” oltin qazib olish artelining texnologik suv ombori yorildi, u “Sibzoloto” MCHJ tarkibiga kiradi. Balandligi to‘rt-besh metr bo‘lgan  to‘lqinlar pastdagi tublarni yuvilishiga olib keldi. Loy, toshlardan iborat sel ikkita yotoqxona va xo‘jalik imoratlarini vayron qildi.

"Sputnik"ning ma’lum qilishicha, bedarak yo‘qolgan O‘zbekiston fuqarosi LW-500 yuk mashinasida haydovchi bo‘lib ishlagan. Shuningdek, yana 4 nafar ishchining taqdiri noma’lum.

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi ushbu masalani alohida nazoratga olgan.

Eslatib o‘tamiz, Krasnoyarsk yaqinidagi fojia 15 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, 44 nafar xodim jarohat oldi, ulardan 9 nafari shifoxonaga yotqizildi.


Maqola muallifi

Teglar

o'zbekistonlik to'g'on Krasnoyarsk

Baholaganlar

58

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing