Krasnoyarskda ham favqulodda holat rejimi joriy qilinadi
Olam
−
19 Sentabr
14390Ertaga, 20 sentyabrdan boshlab Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasida o‘rim-yig‘im mavsumida qayd etilgan anomal yog‘ingarchilik tufayli favqulodda holat rejimi joriy etiladi. Bu haqda viloyat birinchi vitse-gubernatori Sergey Ponomarenko ma’lum qildi.
“Markaziy Sibir UGMS” Federal davlat muassasasi ma’lumotlariga ko‘ra, avgust oyida viloyatning aksariyat tumanlarida bir necha oylik me’yordan ortiq anomal yog‘ingarchilik qayd etildi”, deydi u.
Birinchi vitse-gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, yog‘ingarchilik 17 ming gektardan ortiq (280 million rubldan ortiq qiymatda) yerdagi don ekinlariga zarar yetkazgan.
“Favqulodda vaziyatning joriy etilishi Krasnoyarsk o‘lkasining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha hududiy quyi tizimining boshqaruv organlari va resurslariga favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etishga tezkorlik bilan jalb qilish imkoniyatini beradi. Shuningdek, ekinlari zarar ko‘rgan fermerlarga daromad ko‘rsatkichlariga erishilmagani uchun sug‘urta to‘lovlarini olish va olingan subsidiyalar uchun jarimalarni bekor qilish mexanizmidan foydalanishi mumkin bo‘ladi”, dedi Ponomarenko.
Ma’lumot uchun, viloyatda avgust oyining oxiridan beri yomg‘ir yog‘moqda. Tuproqning botqoqlanishi viloyatning 18 qishloq xo‘jaligi hududida qayd etilgan. Ilgari favqulodda holat rejimlari viloyatning Kuragino, Manskiy, Balaxtinskiy, Nazarovskiy, Sharipovskiy tumanlari va Pirovskiy munitsipal okrugida joriy qilingan. Viloyat hokimligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rim-yig‘im erta boshlangan bo‘lsa-da, yog‘ingarchilik tufayli hosil kamayib, sifati yomonlashmoqda. Ayrim joylarda tuproqning botqoqlanishi tufayli texnikalar dalada qolib ketgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Tomsk viloyatida ham dalalardagi hosilning xavf ostida qolgani sabab favqulodda holat rejimi joriy etilgan edi.