Kosonsoyda sel kelishi oqibatida 8 kishi vafot etdi

3-sahifa

image

Bugun, 13 iyul kuni Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod viloyati hududida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel oqimlari hosil bo‘lgan. Ushbu sel oqimlari 13:35larda Namangan viloyati Kosonsoy tumani “Obod” MFY hududidan o‘tuvchi “Kosonsoy” soyidan oqib kelgan. Bu haqda FVV xabar berdi.

Voqea joyiga viloyat FVB, IIB boshliqlari, Prokuratura organlari xodimlari chiqishgan hamda vaziyat nazoratga olingan.  

Hodisa oqibatida 8 nafar fuqaro vafot etgan, 6 nafar fuqaro tan jarohati olgan.

Hududda FVV qutqaruvchilari tomonidan qidiruv-qutqaruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Holat bo‘yicha dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda. 

Hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar vakolatli organlar tomonidan taqdim etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

sel

Baholaganlar

386

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing