Kosonda maktab direktori 800 dollar pora bilan ushlandi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyatida maktab direktori 800 AQSH dollar miqdorida pora olayotib qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma’lum qildi.

Koson tumani 98-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Z.N fuqaro U.X.ga o‘rta-maxsus maqomini beruvchi qalbaki diplom tayyorlab berish evaziga 300 AQSH dollari so‘ragan. Shuningdek, shu qalbaki diplom bilan o‘zi rahbarlik qilayotgan maktabga ishga qabul qilish evaziga 500 AQSH dollari talab qilgan.

Koson tumani xalq ta’limi bo‘limi binosi oldida o‘zining boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 rusumli avtomashinasida 800 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 25 yanvar kuni Koson tumani 98-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Z.N.ga nisbatan JKning 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya Koson

Baholaganlar

154

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing