Kosmosga uchish chiptasi 28 mln dollarga sotildi

Olam

image

“Amazon” asoschisi Jeff Bezosning “Blue Origin” kosmik kompaniyasi “New Shepard” fazo kemasida uchish chiptasini auksionda 28 mln dollarga sotdi. Xaridorni ismi oshkor qilinmagan, u Bezos va uning ukasi Mark bilan kosmosga sayohat qiladi.

Auksionda jami 159 davlatdan 7,6 ming odam qatnashdi. Savdolar g‘olibi kimligi bir necha kundan keyin e’lon qilinadi. Shuningdek, kompaniya ekipajning to‘rtinchi va oxirgi a’zosi kim bo‘lishini ham ma’lum qilmoqchi.

Jeff Bezos 20 iyul kuni ko‘p martalik “New Shepard” kosmik kemasida suborbital parvozni amalga oshirmoqchi. Parvoz vaqti taxminan 10 daqiqani tashkil qiladi. Fazo kemasi Texasdagi kosmodromdan uchiriladi.

Ma’lumot uchun, chipta uchun to‘langan pul Blue Origin tashkil etgan Club for the Future fondiga o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Jeff Bezos

Baholaganlar

274

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing