BMT Xavfsizlik Kengashi Suriya masalasida shoshilinch yig‘ilish o‘tkazadi
Olam
−
05 fevral 2020
6104BMT Xavfsizlik Kengashi Buyuk Britaniya, AQSH va Fransiyaning iltimosiga ko‘ra, Suriyadagi vaziyat bo‘yicha favqulodda yig‘ilish o‘tkazishga tayyorlanmoqda. Bu haqda TASS tashkilotdagi manbaga tayanib xabar bermoqda.
Yuqoridagi davlatlar BMTdan Suriya shimoli-g‘arbidagi vaziyat yuzasidan tashkilot bosh kotibining Suriya bo‘yicha maxsus vakili Geyr Pedersen, shuningdek, Gumanitar ishlarni muvofiqlashtirish idorasi vakillari ishtirokida brifing o‘tkazishni so‘rashgani aniqlandi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uchrashuv 6 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi