Korrupsiyaga qarshi kurashda bir qator o‘zgarishlar bo‘ladi
Jamiyat
−
18 may 2021
8956Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev xabar berdi.
Deputatning yozishicha:
- parlament tomonidan O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida milliy ma’ruzani ko‘rib chiqish tartibi;
- Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlarining qamoqda saqlash joylariga moneliksiz kirishi;
- korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarning shaxsi sir saqlanishi, o‘zining, shuningdek yaqin qarindoshlarining ijtimoiy-huquqiy himoya qilinishi davlat tomonidan kafolatlanishi belgilanmoqda.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
LiveBarchasi