Koronavirusning yuqumli shtammi yana uch mamlakatda aniqlandi

Olam

image

Koronavirusning Buyuk Britaniyada aniqlangan yuqumlilik darajasi yuqori bo‘lgan shtami dunyo bo‘ylab tarqala boshladi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassisi Mariya van Kerkxova ma’lum qildi.

“Buyuk Britaniya sentyabr oyida ushbu variantni aniqladi va u Angliyaning janubi-sharqida paydo bo‘ldi. Biz doimo koronavirusda yangi mutatsiyalari aniqlanayotganini ko‘ryapmiz. Ularni o‘rganish, ularning qanday tarqalishini va nimaga bog‘liqligini kuzatish muhim”, deydi Kerkxova.

Uning qayd etishicha, Birlashgan Qirollikda aniqlangan mutatsiya Daniya, Niderlandiya va Avstraliyada ham aniqlangan.

Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Mett Xenkokning aytishicha, ingliz olimlari koronavirusning mutatsiyaga uchragan yangi shtammini aniqladilar. Angliyaning janubi-sharqida tez tarqalishi shu bilan bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dastlabki tahlillar shuni ko‘rsatadiki, bu ilgari ma’lum bo‘lgan shtammlarga qaraganda tezroq tarqaladi. 19 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan favqulodda matbuot anjumanida Buyuk Britaniyaning Bosh vaziri Boris Jonson, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirusning yangi turi 70 foiz tezroq yuqishi mumkinligini e’lon qildi.

Ma’lumot uchun, Buyuk Britaniyada koronavirusga chalinganlar 2 mlndan oshdi. Qurbonlar soni 67 177 nafarga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya

Baholaganlar

322

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing