Koronavirusning yangi shtammi deyarli mutatsiyalashmagan – JSST

Olam

image

Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirus mutatsiyasi ahamiyatli darajada xavfli emas va diagnostika vositalari, dorilar hamda vaksinalarning samaradorligiga ta’sir qilmaydi. Bu haqda juma kuni JSSTning Rossiya Federatsiyasidagi vakili Melita Vuinovich aytib o‘tdi.

“Ayni paytda SARS-CoV-2 virusi juda oz mutatsiyaga uchragan va uning o‘zgarishi hali ishlab chiqilayotgan diagnostika, dori vositalari va vaktsinalar samaradorligiga ta’sir ko‘rsatmaydi”, deydi u.

Avvalroq, koronavirusning yangi turi sentyabr oyida Buyuk Britaniyada paydo bo‘lib, noyabr oyining o‘rtalarida faol tarqalishni boshlagani haqida xabar bergan edik. Ko‘rilayotgan choralar fonida London aholisi shahar tashqarisiga chiqib ketishga harakat qilib, temir yo‘l stansiyalarida to‘plangan. Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi turi aniqlanganidan so‘ng, 20 dan ortiq davlat ushbu mamlakat bilan transport aloqalarini to‘xtatdi. Yo‘lovchi tashishni taqiqlash qaysidir davlatda yil oxirigacha, qayerdadir yanvar oxirigacha amal qiladi. Buyuk Britaniyaning o‘zida karantin cheklovlari maksimal darajaga ko‘tarildi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

97

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing