Koronavirusning yangi shtammi 2021 yil uchun katta muammo bo‘ladi – JSST

Olam

image

2021 yilda jahon hamjamiyati yangi koronavirus turlarini o‘rganishga katta e’tibor qaratishi kerak. Bu haqda Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Gebreyesus aytib o‘tdi. Brifing tashkilotning Twitter sahifasida translyatsiya qilingan.

“Kelgusi yilda qiyinchiliklar va yangi muammolar bo‘ladi, masalan, COVID-19 ning yangi variantlari”, deydi Gebreyesus.

Unga ko‘ra, JSST koronavirusning qanday o‘zgarishini, shuningdek, bu mutatsiyalar uning tarqalishi va odamlarda kasallik keltirib chiqarish qobiliyatiga qanday ta’sir qilishini yaxshiroq o‘rganish uchun dunyo olimlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.

Gebreyesus Buyuk Britaniya va Janubiy Afrikaga yangi turlarni sinovdan o‘tkazgani va aniqlagani uchun minnatdorlik bildirgvn va boshqa mamlakatlarni koronavirusning yangi turlari to‘g‘risida ma’lumot almashishga undagan.

Avvalroq, koronavirusning yangi turi sentyabr oyida Buyuk Britaniyada paydo bo‘lib, noyabr oyining o‘rtalarida faol tarqalishni boshlagani haqida xabar bergan edik. Ko‘rilayotgan choralar fonida London aholisi shahar tashqarisiga chiqib ketishga harakat qilib, temir yo‘l stansiyalarida to‘plangan. Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi turi aniqlanganidan so‘ng, 20 dan ortiq davlat ushbu mamlakat bilan transport aloqalarini to‘xtatdi. Yo‘lovchi tashishni taqiqlash qaysidir davlatda yil oxirigacha, qayerdadir yanvar oxirigacha amal qiladi. Buyuk Britaniyaning o‘zida karantin cheklovlari maksimal darajaga ko‘tarildi

Virusning yangi versiyasi yana bir qancha mamlakatlarda, jumladan Daniya, Italiya, Niderlandiya va Avstraliyada topilgan. Dekabr oyida Nigeriya va Janubiy Afrikada koronavirusning yangi mutatsiyalari qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Yangi shtamm

Baholaganlar

515

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar