Koronavirusning “delta” shtammi yangi vaksina talab qilishi mumkin
Olam
−
05 avgust 2021
6814Buyuk Britaniyalik olimlar koronavirusning “delta” shtammining tarqalishiga qarshi kurashish uchun yangi vaksinalar kerak bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda “Bloomberg” xabar bergan.
Joriy yilning 24 iyunidan 12 iyuligacha bo‘lgan davrda butun Angliya bo‘ylab 98 mingga yaqin odam qatnashgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinalarning samaradorligi 49 foizgacha pasaygan. Bu ko‘rsatkich bir oy oldin 64 foiz bo‘lgan.
Bundan tashqari, britaniyalik olimlar koronavirus alomatlari rivojlanishiga qarshi kurashda preparatlarning samaradorligi bir oy oldingi 83 foizdan 59 foizgacha tushganini aniqlagan. Shu munosabat bilan, ular bunday ko‘rsatkichlar COVID-19 ning “delta” shtammiga qarshi alohida preparat ishlab chiqishga asos bo‘ladi, degan xulosaga kelgan, chunki virusning mutatsiyasi mavjud vaksinalarni samarasiz qiladi.
Ma’lumot o‘rnida, bundan avvalroq Xitoy Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi tadqiqotchisi Fen Szitszyan koronavirusning “delta” varianti uchun COVID-19 ga qarshi vaksinalarning himoya ta’siri biroz pastroq, ammo saqlanib qolganini aytgan.
Koronavirusning “delta” versiyasi birinchi marta o‘tgan yilning oktyabr oyida Hindistonda kashf etilgan va u ko‘pincha “hindcha” shtamm deb ataladi.
LiveBarchasi