Koronavirusni aniqlashning eng oson yo‘li aytildi

Salomatlik

image

Koronavirusni aniqlashning eng yaxshi usuli bu test topshirib ko‘rishdir. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili Enn Moen ma’lum qilgan. 

"Gripp yoki SOVID-19? Ularning qaysi birini boshdan kechirayotganingizni aniqlashning yagona aniq usuli bu laboratoriyada o‘tkazilgan test sinovidir. Chunki, SOVID-19 bilan grippning belgilari juda o‘xshash", degan Moen. 

U koronavirusning o‘ziga xos alomati hid va ta’m sezgilarini yo‘qotish ekanligini yana bir bor eslatib o‘tgan. Lekin o‘z-o‘ziga tashxis qo‘ymaslik kerakligi haqida ogohlantirgan.

Ma’lumot uchun, dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar 48 millionga yaqinlashmoqda. 1,2 milliondan ko‘p odam esa koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus gripp

Baholaganlar

715

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing