Koronavirusiga qarshi Hindiston vaksinasi qachon tayyor bo‘lishi aytildi
Salomatlik
−
25 Oktabr 2020
7312Hindistonning Bharat Biotech kompaniyasining koronavirusiga qarshi vaksinasi bo‘lmish Covaxin 2021 yil iyungacha yakuniy sinovlardan o‘tishi mumkin. Bu haqda kompaniya ijrochi direktori Sai Prasadga asoslanib, Indian Express xabar bermoqda.
“Biz 2021 yilning ikkinchi choragi davomida barcha ruxsatnomalarni olamiz, deb o‘ylayman. Aprel, may, iyun oylarida 3-bosqich klinik sinovlarining samaradorligi to‘g‘risida ma’lumotlarni olishimiz kerak bo‘ladi”, dedi u.
Prasadning ta’kidlashicha, agar hukumat ushbu preparatni favqulodda vaziyatlarda foydalanishga ruxsat bersa, vaksinaga tayyorlik muddati qisqarishi mumkin.
Pandemiya boshlanganidan beri 40 milliondan ortiq odam infeksiyaga chalindi. Bemorlardan 30 millioni sog‘aygan bo‘lsa, 1,1 milliondan ortiq odam vafot etgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda kasallik qayd etilgan jami 65 102 nafar bemordan 62 342 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
LiveBarchasi