Koronavirusga qarshi vaksina qanday kasalligi bor odamlarga mumkin emas?

Olam

image

Yangi koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina birlamchi immunitet tanqisligi bo‘lgan odamlarda nojo‘ya ta’sirlar keltirib chiqarishi mumkin. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi, Sechenov universiteti klinik immunologiya va allergologiya kafedrasi mudiri Aleksandr Karaulov ma’lum qildi

“Cheklov faqatgina birlamchi immunitet tanqisligi bo‘lgan kichik guruhlarga taalluqli bo‘lishi mumkin. Bunday holatda, autoimmun, revmatologik va hatto, onkologik kasalliklarda ham aks ta’sir kuzatilmaydi. Biz, albatta, emlash tadqiqotlarining uchinchi bosqichidan so‘ng, Sog‘liqni saqlash vazirligining ko‘rsatmalariga amal qilamiz”, dedi u.

Karaulov yangi koronavirusni o‘rganish “tugamaydigan jarayon” ekanligini qo‘shimcha qildi. “Bu diagnostika va davolashni takomillashtirish bilan bog‘liq. Bizning Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus infeksiyasining oldini olish, diagnostikasi va davolash bo‘yicha sakkizta vaqtinchalik ko‘rsatmalar bergan. Dunyo bo‘ylab esa, 100 ga yaqin vaksinalar ishlab chiqilmoqda”, deya qo‘shimcha qildi u.

Ma’lumot uchun, 11 avgust kuni Rossiyada dunyodagi birinchi koronavirus vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Vaksina Gamaley nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya markazida tayyorlangan. Uning sinovida qatnashgan barcha ko‘ngillilarda koronavirusga qarshi immunitet paydo bo‘lgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

384

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing