Koronavirusga qarshi vaksina barcha shtammlarga foyda bermasligi aytildi 

Salomatlik

image

Hozirda mavjud koronavirusga qarshi vaksinalar uning barcha shtammlaridan himoya qila olmaydi. Bu haqda AQSH Milliy allergiya va yuqumli kasalliklar instituti direktori Entoni Fauchi ma’lum qilgan, deb yozmoqda "Axios". 

Fauchining so‘zlariga ko‘ra, virus mutatsiyani davom ettiradi, ya’ni, yangi o‘zgarishlar paydo bo‘ladi. 

"Vaksina ularning bir qatoriga foyda beradi, ammo hammasiga emas", degan Fauchi. 

Yuqumli kasalliklar mutaxassisi insoniyatni bo‘shashmaslikka chaqirgan, chunki, uning fikricha, "oldinda hali ko‘p narsalar bor". 

Shu bilan birga, u koronavirusga qarshi emlash, kelajakka bo‘lgan ishonch ekanini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina koronavirus

Baholaganlar

76

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing