Koronavirusga qarshi kurashda Ispaniyaning xatosi nima bo‘ldi?
Olam
−
29 mart 2020
18764Biologiya fanlari doktori Konstantin Severinov Ispaniya rasmiylarining koronavirusni tekshirishga bo‘lgan yondashuvini tanqid qildi. U o‘z fikrlarini RT telekanalida bo‘lgan intervyuda aytib o‘tgan.
Mutaxassisning fikriga ko‘ra, Ispaniyaga o‘xshab koronavirusni aniqlash uchun barcha fuqarolardan tashxis olish shart emas. Bu ishda hech bir ma’no yo‘q. COVID-19 simptomlari aniqlanmagan odamlarda test o‘tkazish shart emas. Bu ortiqcha vaqt va mablag‘ talab etadi.
“Kecha mening salomat ekanligim, bugun kasal bo‘lmaganligimni anglatmaydi", deb tushuntirdi Severinov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ommaviy tarzda testdan o‘tkazish sog‘liqni saqlash tizimiga "ulkan" yuk tushiradi va samarali bo‘lishi dargumon.
"Barchani ommaviy testdan o‘tkazish yangidan yangi muammolarni yuzaga chiqishiga sabab bo‘ladi”, dedi biolog.