Koronavirusga qarshi kurash uchun ko‘ngillilar kimga murojaat qilishi aytildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda ishtirok etishni xohlovchi ko‘ngilli tibbiyot xodimlari qayerga murojaat qilishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov aytib o‘tdi.

“Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmalari bunday hohishi bor tibbiyot xodimlarini ro‘yxatini shakllantiradi. Xabaringiz bor, kasallikga chalingan bemorlarni davolash bilan shug‘ullangan shifokorlar 14 kunda yangi tibbiy xodimlar brigadasi doim shunday tarzda almashib turishadi, demak murojaat qilishingiz va zaxiraga yozilishingiz mumkin”, dedi Otabekov.

Ma’lumot uchun, koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlar har 14 kunda o‘rin almashadi. Kecha ilk guruh o‘z o‘rnini boshqa shifokorlarga bo‘shatdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olganlar 145 nafarni tashkil qilyapti. Ularning ikki nafari vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

147

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing